20-yanvar kuni qanday ob-havo kuzatiladi

Foto: Unsplash
Jonibek Juraqulov
2 Daqiqa o‘qish

O‘zbekistonda 20-yanvar kuni ob-havo o‘zgaruvchan bo‘ladi. Bu haqda O‘zgidromet xabar bermoqda. Toshkent shahrida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 3–8 m/s. Harorat kechasi 0–2° sovuq, kunduzi 3–5° iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarda tuman kuzatiladi. Shamol shimoli-sharqdan 7–12 m/s. Harorat kechasi 8–13° sovuq, kunduzi 0–5° sovuq, Ustyurtda kechasi 17–22° sovuq, kunduzi 5–10° sovuq bo‘ladi. Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi. Asosan yog‘ingarchilik kuzatilmaydi, faqat kechga tomon ayrim joylarda yomg‘ir yoki qor yog‘ishi mumkin. Ba’zi hududlarda tuman tushadi. Shamol sharqdan 9–14 m/s. Harorat kechasi 2–7° sovuq, cho‘l hududlar shimolida 10° sovuqqacha, kunduzi 0–5° iliq bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarda tuman kuzatiladi. Shamol sharqdan 7–12 m/s. Harorat kechasi 0–5° sovuq, kunduzi 2–7° iliq bo‘ladi. Samarqand viloyatida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi. Asosan yog‘ingarchilik kutilmaydi, kechga tomon ayrim joylarda yomg‘ir yoki qor yog‘ishi mumkin. Ba’zi hududlarda tuman tushadi. Shamol sharqdan 7–12 m/s. Harorat kechasi 0–5° sovuq, kunduzi 2–7° iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo viloyatida ham havo o‘zgaruvchan bo‘lib, kechga tomon ayrim joylarda yomg‘ir yoki qor yog‘ishi mumkin. Tuman tushadi. Shamol sharqdan 7–12 m/s. Harorat kechasi 3° sovuqdan 2° iliqqacha, kunduzi 5–10° iliq bo‘ladi.

Surxondaryo viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarda tuman tushadi. Shamol sharqdan 7–12 m/s. Harorat kechasi 3° sovuqdan 2° iliqqacha, kunduzi 5–10° iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi. Kechasi va ertalab ayrim joylarda biroz qor yog‘ishi mumkin, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Tuman tushadi. Shamol sharqdan 5–10 m/s. Harorat kechasi 0–5° sovuq, kunduzi 0–5° iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida ayrim joylarda qor yog‘adi va tuman tushadi. Yo‘llarda yaxmalak kuzatilishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol sharqdan 7–12 m/s. Harorat kechasi 5–10° sovuq, kunduzi 3° sovuqdan 2° iliqqacha bo‘ladi.

Qaynoq24.uz 19-yanvar kuni qanday ob-havo kuzatilishi haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.