Germaniyada yuk mashinasi haydovchilari uchun 100 ta ish o‘rni ochildi

Foto: Pexels
Jonibek Juraqulov
2 Daqiqa o‘qish

Migratsiya agentligi Germaniyaning Askania Future GmbH rekrut kompaniyasi bilan hamkorlikda yuk mashinasi haydovchilarini Germaniyada ishlashga taklif qilmoqda. Bo‘sh ish o‘rinlari soni 100 tani tashkil etadi.

Nomzodlar ish beruvchi tomonidan onlayn suhbat orqali tanlab olinadi. Ish joyi Germaniyaning Muldestausee hududida joylashgan. Ish haqi soliqlardan keyin oyiga taxminan 2,100 dollar bo‘ladi. Ish haftasiga besh kun, kuniga sakkiz soatdan iborat.

Tanlovda 21 yoshdan 50 yoshgacha bo‘lgan, o‘rta maxsus ma’lumotga ega va CE toifasida kamida bir yillik haydovchilik tajribasi bor erkaklar qatnashishi mumkin. Nemis tilini bilmagan, ammo tanlovdan o‘tgan nomzodlar til o‘rganishga yo‘naltiriladi. Kod95 hujjatiga ega va tajribali haydovchilar uchun esa til bilish talabi qo‘yilmaydi.

Haydovchilar Germaniya va Yevropa Ittifoqi yo‘l harakati qoidalariga amal qilgan holda yuk mashinasini boshqaradi. Yuklarni belgilangan marshrutlar bo‘yicha xavfsiz va o‘z vaqtida yetkazib berish asosiy vazifa hisoblanadi. Shuningdek, yuklarning to‘g‘ri joylanganini va transport vositasining texnik holatini nazorat qilish ham talab etiladi.

Ish beruvchi tibbiy sug‘urtani rasmiylashtiradi va uning xarajatlari soliqlar hisobidan qoplanadi. Nomzodning dastlabki xarajatlariga ishchi viza, aviabilet, ovqatlanish va turar joy ijarasi kiradi. Ishga joylashgan taqdirda Migratsiya agentligi ishchi viza va aviabilet xarajatlarini qoplab beradi.

Arizalar xorijdaish.uz platformasi orqali qabul qilinmoqda. Nemis tilini o‘rganish istagidagi nomzodlar uchun alohida ro‘yxatdan o‘tish imkoniyati ham mavjud. Murojaat uchun 1282 qisqa raqami yoki 71 202-33-55 telefoniga ish kunlari bog‘lanish mumkin.

Qaynoq24.uz O‘zbekistonliklar Germaniyaga ishga taklif qilinayotgani haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.