Realme yangi Realme P4 Power smartfoni ustida ishlamoqda. Qurilmaning asosiy ustunligi 10 000 mA·soat sig‘imga ega batareya bo‘ladi. Kompaniya model dizaynini rasman ochib berdi va ayrim texnik tafsilotlarni e’lon qildi.
Smartfon orqa qismi ikki xil fakturaga ega. Pastki qismi mat, yuqori qismi yarim shaffof ko‘rinishda. Ranglar uchta variantda bo‘ladi: kumush, to‘q sariq va ko‘k. Qurilma to‘rt yil davomida xavfsizlik yangilanishlarini oladi. Android’ning uchta yirik yangilanishi ham rejalashtirilgan.

Insayder Debayan Roy’ga ko‘ra, Realme P4 Power Dimensity 7400 platformasida ishlaydi. Ekran OLED bo‘ladi. Diagonali 6,78 dyuym. Aniqligi 1,5K. Yangilanish chastotasi 144 Gts. Asosiy kamera 50, 8 va 2 MP sensorlardan iborat. Old kamera 16 MP bo‘ladi. Korpus yon ramkasi plastik.
Zaryadlash quvvati 80 Vtni tashkil etadi. Qurilma og‘irligi 218 gramm. Chang va suvdan himoya darajasi IP69. Narxi 25 ming rupiydan arzon bo‘lishi kutilmoqda. Bu taxminan 275 dollarga teng.

Realme P4 Power dastlab Hindistonda taqdim etiladi. Keyinchalik u global bozorda ham sotuvga chiqishi mumkin.
Qaynoq24.uz Realme 16 smartfoni xususiyatlari va rasmiy tasvirlari muddatidan oldin oshkor bo‘lgani haqida yozgan edi.

