Xitoyda 2025-yilda tug‘ilish darajasi rekord darajada pasaydi. Aholi soni ketma-ket to‘rtinchi yil qisqarishda davom etdi. Bu haqda BBC xabar bermoqda.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 2025-yilda tug‘ilish darajasi har ming aholiga 5,63 ni tashkil qildi. Bu 1949-yildan beri eng past ko‘rsatkich hisoblanadi. O‘lim darajasi esa 8,04 ga yetib, 1968-yildan buyon eng yuqori darajada qayd etildi.
Yil yakuniga kelib Xitoy aholisi 3,39 mln kishiga kamayib, 1,4 mlrd nafarni tashkil etdi. Qisqarish sur’ati avvalgi yilga nisbatan tezlashdi.
Aholining qarishi va iqtisodiy faollikning pasayishi fonida hukumat tug‘ilish ko‘rsatkichlarini oshirishga urinmoqda. 2016-yilda bir bola siyosati bekor qilingan. 2021-yildan esa oilalarga uch farzand ko‘rishga ruxsat berildi.
So‘nggi yillarda ota-onalarga uch yoshgacha bo‘lgan har bir bola uchun 3 600 yuan miqdorida to‘lov joriy etildi. Ayrim hududlarda qo‘shimcha mukofotlar va uzaytirilgan ta’til ham taklif qilinmoqda.
Shu bilan birga, kontratseptsiya vositalariga 13 foizlik soliq joriy etilishi jamiyatda bahslarga sabab bo‘ldi. Mutaxassislar bu choralar kutilmagan salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligini aytmoqda.
BMT ekspertlariga ko‘ra, Xitoy aholisi kamayishda davom etadi. 2100-yilga borib mamlakat hozirgi aholisining yarmidan ko‘prog‘ini yo‘qotishi mumkin. Bu holat mehnat bozori, pensiya tizimi va umumiy iqtisodiyot uchun jiddiy bosim keltirib chiqaradi.
Qaynoq24.uz O‘zbekiston Xitoyning VN22 zirhli harbiy texnikasiga qiziqish bildirayotgani haqida yozgan edi.

