O‘zbekiston tarixda ilk bor FIFA Series xalqaro futbol turniriga mezbonlik qiladi. Musobaqa har ikki yilda bir marta o‘tkaziladi.
Turnir doirasida turli qit’alardan kelgan milliy terma jamoalar o‘rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushadi. FIFA Series mini-turnirlar formatida tashkil etiladi. Unda to‘rtta jamoa ishtirok etadi va barcha o‘yinlar bitta mamlakatda o‘tkaziladi.
Tashkilotchilar musobaqa ishtirokchilarini rasman e’lon qildi. Turnirda O‘zbekiston terma jamoasi bilan birga Gabon, Trinidad va Tobago hamda Venesuela terma jamoalari ishtirok etadi.
Qaynoq24.uz Kanada 1-iyun kuni O‘zbekiston bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishi haqida yozgan edi.

