Arzon yangi elektromobil savdosi boshlandi

Foto: Eonyx
Jonibek Juraqulov
2 Daqiqa o‘qish

Rossiyada yangi Eonyx avtomobil brendining ilk modeli sotuvga chiqdi. Bu haqda “Avtonovosti dnya” portali xabar berdi. Elektromobil narxi 12 ming dollardan oshmaydi. Gap Kaliningraddagi «Avtotor» zavodida yig‘ilayotgan Eonyx M2 modeli haqida ketmoqda.

U ixcham krossover bo‘lib, o‘lchamlari mashhur “Oka” avtomobilidan ham kichik. Modelning uzunligi 2 860 mm, g‘ildiraklar bazasi 1 800 mm, yo‘l balandligi esa 170 mmni tashkil etadi.

Ma’lum qilinishicha, yangi elektromobilni allaqachon Moskva, Novorossiysk va Krasnodar shaharlaridagi rasmiy dilerlardan xarid qilish mumkin. Novorossiyskda narx e’lon qilingan dastlabki ko‘rsatkichga teng bo‘lib, 840 ming rublni tashkil etadi. Moskva avtosalonlarida model 895 ming rublga baholangan. Krasnodarda esa narxlar 855 500 rubldan boshlanib, 926 500 rublgacha yetadi.

Eonyx M2 yagona Standart komplektatsiyada taklif etiladi. U 6,2 dyuymli raqamli asboblar paneli va 9 dyuymli sensorli multimediya ekraniga ega. Avtomobilda konditsioner va salon isitkichining mavjudligi uni yilning barcha fasllarida ishlatish imkonini beradi.

Elektromobil orqa o‘qqa o‘rnatilgan 10 ot kuchiga ega bitta elektromotor bilan jihozlangan. Energiya 10,8 kVt/soat sig‘imli litiy-temir-fosfat batareyadan olinadi. Bitta quvvatlash bilan avtomobil 130 kmgacha yo‘l bosishi mumkin. Batareyani 220 V maishiy tarmoqdan to‘liq quvvatlash uchun taxminan 8 soat talab etiladi. Moment bir pog‘onali reduktor orqali uzatiladi.

Shuningdek, Eonyx model qatorida kichik elektro-pikap Eonyx Pickup va shahar yetkazib berish xizmatlari uchun mo‘ljallangan Eonyx Cargo ham mavjud. Ularning narxi mos ravishda 890 ming va 990 ming rubldan boshlanadi.

Qaynoq24.uz Chevrolet Tracker uchun chegirmalar yangilangani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.