Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2025-yil yanvar–noyabr oylarida 24 ta xorijiy davlatga 3,3 ming tonna shokolad mahsulotlari eksport qilgan. Eksport qiymati 8,7 mln dollarni tashkil etdi.
Shokolad eksporti hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 753 tonnaga yoki 29,9% ga oshgan.
Mazkur davrda O‘zbekiston shokoladini eng ko‘p import qilgan davlatlar quyidagilar bo‘ldi: Ozarbayjon — 633,1 tonna, Mo‘g‘uliston — 433,7 tonna, Qozog‘iston — 368,8 tonna, Rossiya — 365,2 tonna va Qirg‘iz Respublikasi — 360,3 tonna. Qolgan davlatlar hissasiga 1,1 ming tonna to‘g‘ri kelgan.
Qaynoq24.uz O‘zbekistonda faol korxonalarning 85 foizi kichik biznes hissasiga to‘g‘ri kelishi haqida yozgan edi.

