AQShda kuchli qor bo‘roni sabab 100 dan ortiq avtomobil to‘qnashdi. Bu haqda Foxweather xabar bermoqda.
Mahalliy hokimiyat ma’lumotlariga ko‘ra, hodisa Zeeland va Hudsonville shaharlari oralig‘ida sodir bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarda 9–12 nafar kishi jarohat olgani aytilmoqda. Halok bo‘lganlar haqida xabar yo‘q.
To‘qnashuvda 30–40 ta yuk mashinasi ham ishtirok etgani bildirilgan.
Qor bo‘roni paytida ko‘rinish masofasi atigi 400 metrga tushib ketgan. Shamol tezligi soatiga 40 km gacha yetgan. Bu holat yo‘lda harakatlanishni keskin murakkablashtirgan.
Voqea sodir bo‘lgan vaqtda ayrim haydovchilar avtomobillari ichida qolib ketgan. Ular xavfsizlik nuqtai nazaridan avtobuslar orqali evakuatsiya qilingan. Avtomagistral bir necha soatga yopilgan, keyinroq qatnov qayta tiklangan.
Michigan shtati politsiyasi haydovchilarni ehtiyot bo‘lishga chaqirdi. Rasmiylarga ko‘ra, kuchli shamol va qalin qor sabab yo‘l sharoitlari o‘ta xavfli bo‘lib qolmoqda.
Qaynoq24.uz Yunusobod tumanida sodir bo‘lgan YTH oqibatida bir piyoda vafot etgani haqida yozgan edi.

