Yana yetti mamlakat Donald Trampning Tinchlik kengashi a’zoligiga qo‘shilishini e’lon qildi. Bu haqda BBC xabar bermoqda.
AQSH Prezidenti Donald Tramp boshchiligida tashkil etilayotgan Tinchlik kengashiga yana yetti mamlakat, jumladan, Saudiya Arabistoni, Turkiya va Misr qo‘shilish niyatini bildirganini ma’lum qildi. Ushbu ma’lumotni mamlakatlar o‘rtasida tuzilgan qo‘shma bayonotda tasdiqlangan.
Isroil ham ilgari bu kengashda ishtirok etish niyatini e’lon qilgan edi. Trampning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin ham taklifni qabul qilgan, ammo Rossiya hukumati bu taklifni hozirda o‘rganayotganini bildirgan.
Dastlab, Tinchlik kengashining asosiy maqsadi G‘azo va Hamas o‘rtasidagi ikki yillik urushni tugatish va tiklanishni boshqarish bo‘lgan. Biroq, kengashning taklif etilgan nizomida falastin hududlari ko‘rsatilmagan va bu tuzilma BMT funksiyalarini o‘zgartirishga qaratilgan bo‘lishi mumkinligi aytilgan.
Qaynoq24.uz Shavkat Mirziyoyev Syurix shahriga yetib borgani haqida yozgan edi.

