Milliy statistika qo‘mitasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilda O‘zbekistonda jami 313,8 trillion so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan. Bu ko‘rsatkich 2024-yilning shu davriga nisbatan 14,2% ga oshgan.
Qurilish ishlari hajmi 2022-yildan 2025-yilgacha bo‘lgan davrda sezilarli o‘sishni ko‘rsatgan.
2022-yilda qurilish ishlari 130,7 trillion so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, 2023-yilda bu raqam 222,9 trillion so‘mga yetgan. 2024-yilda esa qurilish hajmi 259,6 trillion so‘mni tashkil etdi. 2025-yilda esa bu ko‘rsatkich 313,8 trillion so‘mga ko‘tarilgan.
Qaynoq24.uz O‘zbekistonda bozor xizmatlari hajmi 14,7 foizga o‘sgani haqida yozgan edi.
Ushbu ko‘rsatkich, noformal va yashirin iqtisodiyotni hisobga olgan holda, 2024 yilning shu davriga nisbatan 14,7 foizga oshdi.
Xizmatlar bozorining hajmi so‘nggi yillarda sezilarli darajada o‘sdi. 2025 yilda bu ko‘rsatkich 1 050,3 trillion so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, 2024 yilda 840,1 trillion so‘m, 2023 yilda 664,8 trillion so‘m, 2022 yilda esa 509,6 trillion so‘m bo‘lgan. Bu O‘zbekistonda xizmatlar bozorining rivojlanishi va iqtisodiyotning yuksalishini ko‘rsatadi.

