Milliy statistika qo‘mitasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilda 446,8 ming nafar chet el fuqarosi tijorat maqsadida O‘zbekistonga tashrif buyurgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 247,8 ming nafarga ko‘p bo‘lib, 2,2 barobarlik o‘sishni anglatadi.
Mamlakatlar kesimida qaralganda, tijorat maqsadida kelganlarning katta qismi Afg‘oniston fuqarolari hissasiga to‘g‘ri kelgan. 2025-yilda ushbu davlatdan O‘zbekistonga 415 577 nafar fuqaro kirib kelgan. Tojikiston 17 962 nafar tashrif buyuruvchi bilan ikkinchi o‘rinda qayd etilgan.
Turkmanistondan kelganlar soni 9 048 nafarni tashkil etgan.
Rossiyadan tijorat maqsadida tashrif buyurganlar soni 728 nafar bo‘lgan. Qozog‘istondan 589 nafar, Turkiyadan esa 587 nafar fuqaro O‘zbekistonga kelgan. Qolgan davlatlar hissasiga jami 2 355 nafar tashrif buyuruvchi to‘g‘ri keladi.
Qaynoq24.uz O‘zbekistonda 313,8 trillion so‘mlik qurilish ishlari bajarilgani haqida yozgan edi.

