Markaziy bank 26-yanvar, 2026-yil holatiga jismoniy shaxslar uchun sotiladigan va qaytarib sotib olinadigan oltin quymalarning yangi narxlarini e’lon qildi. Belgilangan narxlar oltinning og‘irligiga hamda quymaning holatiga qarab farqlanadi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 5 grammli oltin quymaning sotish narxi 10 036 000 so‘mni tashkil etmoqda. Ushbu quymani qaytarib sotib olish narxi qadog‘i but holatda bo‘lsa 9 554 000 so‘m, qadog‘i buzilgan yoki texnik talablarga mos kelmagan holatda esa 9 457 000 so‘m etib belgilangan.
10 grammli quymaning sotish narxi 20 073 000 so‘mni tashkil qilmoqda. Qadog‘i saqlangan holatda qaytarib sotib olish narxi 19 108 000 so‘m, qadog‘i buzilgan holatda esa 18 915 000 so‘m etib belgilandi.
20 grammli oltin quymaning sotish narxi 40 146 000 so‘mga teng. Uni qadog‘i but bo‘lgan holatda 38 216 000 so‘mga, texnik ekspertizadan so‘ng qadog‘i buzilgan holatda esa 37 830 000 so‘mga qaytarib sotib olish mumkin.
50 grammli quymaning sotish narxi 100 364 000 so‘mni tashkil etmoqda. Qadog‘i saqlangan holatda qaytarib sotib olish narxi 95 539 000 so‘m, qadog‘i buzilgan holatda esa 94 574 000 so‘m etib belgilangan.
100 grammli oltin quymaning sotish narxi 200 728 000 so‘mga teng. Ushbu quymani qadog‘i but holatda 191 078 000 so‘mga, qadog‘i buzilgan yoki texnik talablarga javob bermagan holatda esa 189 148 000 so‘mga qaytarib sotish mumkin.
Qaynoq24.uz 26-yanvar kuni valyutalar kursi qanday qiyumatda bo‘lishi haqida yozgan edi.

