Markaziy bank tomonidan 27-yanvar uchun valyutalar kursi e’lon qilindi. Unga ko‘ra, AQSh dollari 12 098,12 so‘mni tashkil etdi va kun davomida 13,17 so‘mga qimmatlashdi.
Yevro kursida keskin o‘sish kuzatildi. Yevropa valyutasi 14353,21 so‘mgacha ko‘tarilib, bir kunda 170,31 so‘mga oshdi. Rossiya rubli esa pasaydi. Bugun rubl kursi 158,64 so‘mni tashkil etdi va 0,67 so‘mga arzonlashdi.
Britaniya funti 16 540,55 so‘mga yetdi. Bu valyuta bo‘yicha o‘sish 189,61 so‘mni tashkil etdi.
Yapon iyenasi 78,73 so‘mgacha ko‘tarilib, 2,25 so‘mga oshdi. Shveysariya franki esa eng katta sakrashni qayd etdi. Uning kursi 15 592,37 so‘mga yetib, 316,24 so‘mga qimmatlashdi.
Xitoy yuani ham ijobiy dinamika ko‘rsatdi. Yuan kursi 1 739,69 so‘mni tashkil etdi va 4,12 so‘mga oshdi.
Qaynoq24.uz 26-yanvar kuni oltin quymalari qanday qiymatda sotilishi haqida yozgan edi.

