Blatter AQShda o‘tkaziladigan JCH-2026’ni boykot qilish g‘oyasini qo‘llab-quvvatladi

Foto: Unsplash
Mohinur Rajabova
2 Daqiqa o‘qish

FIFAning sobiq prezidenti Zepp Blatter 2026-yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionatini boykot qilish haqidagi chaqiriqlarni qo‘llab-quvvatladi. Bu haqda DW xabar bermoqda. Turnirning asosiy qismi Qo‘shma Shtatlarda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Blatter Tramp ma’muriyatining migrantlar va xorijiy fuqarolarga nisbatan qat’iy siyosati fonida muxlislarni AQShga safar qilmaslikka chaqirdi. Uning fikricha, chet ellik muxlislar kuchaytirilgan tekshiruvlar va chegara idoralari tomonidan o‘zboshimchalik bilan qabul qilinadigan qarorlar xavfiga duch kelishi mumkin.

“Muxlislarga bitta maslahatim bor. AQShdan uzoqroq turing”, deb yozdi Blatter ijtimoiy tarmoqda. U shuningdek, korrupsiyaga qarshi ekspert Mark Pitning pozitsiyasini qo‘llab-quvvatladi. Pit avvalroq AQShga kelgan muxlislar mamlakatdan darhol chiqarib yuborilishi mumkinligi haqida ogohlantirgan edi.

Jahon chempionatini boykot qilish ehtimoli Germaniyada ham muhokama qilinmoqda. Germaniya futbol assotsiatsiyasi vitse-prezidenti Oke Göttlich Tramp siyosati tufayli boykot masalasini ko‘tarilganini ma’lum qildi. DFB prezidenti Bernd Noyendorf esa hozircha bunday chaqiriqlarni erta deb hisoblaydi, biroq masala muhokamadan chetda qolmasligini tan oldi.

Shu bilan birga, Germaniya hukumati AQShga borayotgan fuqarolarini ehtiyot choralarini kuchaytirishga chaqirdi. Immigratsiya siyosati, chegara nazorati va xavfsizlik bilan bog‘liq xatarlar muxlislar orasida xavotirlarni oshirmoqda.

2026-yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionati 11-iyundan 19-iyulgacha Shimoliy Amerikada o‘tkaziladi. O‘yinlarning aksariyati AQShda bo‘ladi. Ayrim davlatlar fuqarolari uchun AQShga kirish cheklovlari sabab turnirga tashrif buyurish qiyinlashishi mumkin.

Qaynoq24.uz O‘zbekiston ilk bor FIFA Series xalqaro turniriga mezbonlik qilishi haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.