Qashqadaryoda qalbaki aksizli alkogol savdosi fosh etildi

Foto: Departament
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

Qashqadaryo viloyatida iste’molga yaroqsiz va qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlarini sotgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, tezkor tadbir davomida fuqarolar B.U. va J.B. fuqaro B.Yu.ga 432 dona qalbaki va sifatsiz alkogol mahsulotini 14,4 mln so‘mga sotayotgan vaqtida qo‘lga olingan.

Shuningdek, tekshiruv jarayonida B.U. tomonidan Qarshi shahridagi “Alisher Navoiy” MFY hududida joylashgan “E.O.” xususiy korxonasi omborida saqlangan 780 dona qalbaki va iste’molga yaroqsiz alkogol mahsuloti aniqlangan. Ushbu mahsulotlarning umumiy bahosi 21,8 mln so‘mni tashkil etadi.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176- va 186-1-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Qaynoq24.uz nashri Toshkent viloyatida kuchli ta’sir qiluvchi dorilar savdosi fosh etilgani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.