Markaziy bank tomonidan 3-fevral kuni uchun oltin quymalarining narxlari e’lon qilindi. Unga ko‘ra, 5 grammli oltin quymaning sotish narxi 9 636 000 so‘mni tashkil etdi.
Ushbu quymaning qadog‘i but holatda qaytarib sotib olish narxi 9 173 000 so‘m etib belgilandi. Qadog‘i buzilgan yoki texnik talablarga mos kelmaydigan holatda esa narx 9 080 000 so‘mni tashkil qilmoqda.
10 grammli oltin quymalar 19 272 000 so‘mdan sotilmoqda. Qadog‘i saqlangan holda qayta sotib olish narxi 18 346 000 so‘m etib belgilangan. Texnik ekspertizadan so‘ng qadog‘i buzilgan quymaning narxi 18 161 000 so‘mni tashkil etadi.
20 grammli oltin quymaning sotish narxi 38 545 000 so‘m etib belgilandi. Bunday quymaning qadog‘i but bo‘lsa 36 692 000 so‘mga, talabga mos kelmagan holatda esa 36 321 000 so‘mga qaytarib olinadi.
50 grammli oltin quymalar 96 362 000 so‘mdan sotilmoqda. Qadog‘i saqlangan holda qayta sotib olish narxi 91 730 000 so‘mni, buzilgan holatda esa 90 803 000 so‘mni tashkil etdi.
100 grammli oltin quymaning sotish narxi 192 725 000 so‘mga yetdi. Qadog‘i but bo‘lgan quymaning qaytarib sotib olish narxi 183 459 000 so‘m etib belgilandi. Texnik talablarga mos kelmaydigan holatda esa narx 181 606 000 so‘mni tashkil qilmoqda.
Qaynoq24.uz 3-fevral uchun valyutalar kursi e’lon qilingani haqida yozgan edi.

