AQShda Apple mutlaq ustunlikni kuchaytirdi. Counterpoint Research ma’lumotlariga ko‘ra, oxirgi chorakda iPhone savdolari tarixiy rekordni yangiladi.
Hisobotga ko‘ra, iPhone’ning AQSh bozoridagi ulushi bir yil ichida 65 foizdan 69 foizga chiqdi. Bu Apple uchun eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi. Samsung ulushi esa keskin kamaydi. Brendning bozor hissasi 18 foizdan 13 foizga tushdi.
Boshqa ishlab chiqaruvchilarning umumiy ulushi deyarli o‘zgarmadi. Ular jami bozorning 18 foizini egalladi. Bir yil avval bu ko‘rsatkich 17 foiz edi.
Statistika shuni ko‘rsatadiki, Samsung foydalanuvchilarining muhim qismi iPhone’ga o‘ta boshlagan. Apple’dan tashqari brendlarni tanlagan xaridorlar esa avvalgi odatini saqlab qolgan.
Bozordagi bu o‘sish iPhone 17 liniyasiga bo‘lgan yuqori talab bilan bog‘liq. Aynan shu avlod Apple’ga bir necha yildan so‘ng ilk bor yillik yakunlar bo‘yicha yetakchilikni olib keldi. Shu davrda kompaniya bir chorakda $144 mlrd daromad olgan.
Qaynoq24.uz Apple kompaniyasi Siri’ni chat-botga aylantirishi haqida yozgan edi.

