Ilon Mask boyligi 800 mlrd AQSh dollaridan oshdi

Foto: Getty
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

4-fevral holatiga ko‘ra, Ilon Mask dunyo tarixida boyligi 800 mlrd AQSh dollaridan oshgan birinchi insonga aylandi. Forbes Real-Time Billionaires reytingiga ko‘ra, tadbirkorning kapitali 852,5 mlrd AQSh dollariga baholanmoqda.

Boylikning keskin oshishi SpaceX va sun’iy intellekt yo‘nalishidagi xAI startapi birlashuvi bilan bog‘liq. Bitimdan so‘ng yagona biznesning bozor qiymati 1,25 trln AQSh dollariga yetdi. Forbes hisobiga ko‘ra, Maskning yangi kompaniyadagi ulushi qariyb 43 foizni tashkil etadi. Bu 540 mlrddan ortiq AQSh dollariga teng.

Milliarder kapitalining muhim qismi Tesla bilan bog‘liq aktivlardan iborat. Uning kompaniyadagi aksiyalar paketi qariyb 180 mlrd AQSh dollariga baholanmoqda. Yana 124 mlrd AQSh dollari optsionlar hissasiga to‘g‘ri keladi. Belgilangan samaradorlik ko‘rsatkichlari bajarilganda, Mask kelgusida qo‘shimcha aksiyalar olishi mumkin. Bu holatda uning umumiy boyligi 1 trln AQSh dollariga yaqinlashishi ehtimoli bor.

So‘nggi oylar davomida Ilon Mask bir necha bor yangi moliyaviy rekordlarni qayd etdi. Kuzda uning boyligi ilk bor 500 mlrd AQSh dollaridan oshdi. Dekabr oyida bu ko‘rsatkich 600 mlrd AQSh dollariga, undan keyin esa 700 mlrd AQSh dollariga yetdi.

Hozirda u dunyoning eng boy insonlari ro‘yxatida eng yaqin raqibi — Larri Peyjdan 570 mlrd AQSh dollaridan ko‘proq farq bilan oldinda bormoqda.

Qaynoq24.uz Ilon Mask iPhone’dagi yangi sun’iy intellekt yechimidan norozi bo‘lgani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.