5-fevral kuni valyutalar kursi qanday qiymatda bo‘ladi

Foto: Unsplash
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Markaziy bank tomonidan 5-fevral uchun valyutalar kursi e’lon qilindi. Unga ko‘ra, AQSh dollari 7,39 so‘mga qimmatlashib, 12 265,77 so‘mni tashkil etdi. Yevropa valutasi ham o‘sishda davom etdi va yevro 36,93 so‘mga ko‘tarilib, 14 492,01 so‘mga yetdi.

Rossiya rubli kursida esa pasayish kuzatildi. Rubli 0,42 so‘mga arzonlashib, 159,07 so‘m darajasida belgilandi. Britaniya funt sterlingi eng katta o‘sishni ko‘rsatdi. U 61,61 so‘mga mustahkamlanib, 16 815,14 so‘mga chiqdi.

Yaponiya iyenasi kursi 0,33 so‘mga pasayib, 78,31 so‘mni tashkil etdi. Shveysariya franki esa sezilarli darajada qimmatlashdi va 60,21 so‘mga o‘sib, 15 800,30 so‘m darajasiga yetdi. Xitoy yuani kursi deyarli o‘zgarmadi. U 0,11 so‘mga pasayib, 1 766,84 so‘mni tashkil qildi.

Jadval:

Qaynoq24.uz 4-fevral kuni oltin quymalari qanday narxda sotilishi haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.