2025-yilda Rossiyadan O‘zbekistonga qarovsiz qolgan 86 nafar bola qaytarildi. Bu haqda O‘zbekiston bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, bolalarni vatanga qaytarish Toshkent va Moskva o‘rtasidagi hamkorlik doirasida amalga oshirilgan. Xususan, 45 nafar bola Rahmonova va Rossiya bolalar ombudsmani Mariya Lvova Belova o‘rtasidagi bevosita hamkorlik natijasida O‘zbekistonga olib kelingan.
Ombudsmen aytishicha, ikki davlat vakolatli idoralari hamkorligi tufayli bolalarga zarur tibbiy va ijtimoiy yordam o‘z vaqtida ko‘rsatilgan. Shuningdek, ular vaqtincha bo‘lgan hududlardagi bolalar muassasalarida qulay sharoitlar bilan ta’minlangan va keyinchalik vataniga qaytarilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2025-yilda Rossiyadan O‘zbekistonga jami 114 nafar bola qaytarilgan. Shu davrda O‘zbekiston bolalar ombudsmeni Rossiya tomonidan bolalarning vasiyligi, ta’limi va repatriatsiyasi bilan bog‘liq sakkizta murojaat ham olgan.
Qaynoq24.uz O‘zbekistonda 2025-yilda 19,9 ming egizak tug‘ilgani haqida yozgan edi.

