6-fevral kuni oltin quymalari qanday narxda sotiladi

Foto: Jingming Pan / Unsplash
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Markaziy bank tomonidan 6-fevral kungi oltin quymalarining narxlari e’lon qilindi. Unga ko‘ra, 5 grammli oltin quymaning sotish narxi 10,02 mln so‘mni tashkil etmoqda. Ushbu quymani qadog‘i but holatda qaytarib sotib olish 9,725 mln so‘m, qadog‘i buzilgan yoki texnik talablarga mos kelmagan holatda esa 9,627 mln so‘m etib belgilangan.

10 grammli oltin quymaning sotish narxi 20,04 mln so‘mga teng. Qadog‘i but bo‘lgan quymalar 19,451 mln so‘mdan, texnik ekspertizadan o‘tgach qadog‘i buzilgan quymalar esa 19,254 mln so‘mdan qayta sotib olinmoqda.

20 grammli oltin quymalar 40,08 mln so‘mdan sotilmoqda. Qadog‘i saqlangan holatda ularni qaytarib sotish narxi 38,901 mln so‘mni, qadog‘i buzilgan holatda esa 38,508 mln so‘mni tashkil etadi.

50 grammli oltin quymaning sotish narxi 100,2 mln so‘mga yetgan. Qadog‘i but quymalar 97,253 mln so‘mdan, qadog‘i shikastlangan quymalar esa 96,271 mln so‘mdan qayta sotib olinadi.

100 grammli oltin quymalar 200,4 mln so‘mdan sotilmoqda. Ularni qadog‘i saqlangan holatda qaytarib sotish 194,506 mln so‘m, qadog‘i buzilgan holatda esa 192,541 mln so‘m etib belgilangan.

Qaynoq24.uz 6-fevral kuni valyutalar kursi qanday qiymatda bo‘lishi haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.