SpaceX asoschisi, amerikalik milliarder Ilon Mask joriy yilga rejalashtirilgan Mars missiyasini kechiktirib, NASA oldida olingan majburiyatlar doirasida Oyga parvozga ustuvor ahamiyat berishga qaror qildi.
The Wall Street Journal nashrining vaziyatdan xabardor manbalarga tayangan holda yozishicha, Mask 2026-yilda aynan Oy missiyasiga asosiy e’tiborni qaratishni rejalashtirmoqda. Shu doirada SpaceX investorlarga Oyga qo‘nish 2027-yil mart oyiga belgilanganini ma’lum qilgan.
Xabarga ko‘ra, kompaniya sun’iy intellekt asosidagi kosmik ma’lumotlarni qayta ishlash markazlarini rivojlantirish uchun xAI’ni jalb etishni ham ko‘zda tutmoqda. Mask investorlar bilan muloqotda barqaror Oy bazasini barpo etish rejalarini qo‘llab-quvvatlashini alohida ta’kidlagan.
Bir necha yil avval NASA SpaceX bilan Starship kemasini ishlab chiqish bo‘yicha shartnoma imzolagan edi. Ushbu kema Oy orbitasida NASA apparati bilan uchrashib, astronavtlarni Oy sirtiga yetkazishi rejalashtirilgan.
Avvalroq Ilon Mask SpaceX Marsga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘nalishini bir necha bor ta’kidlagan, kompaniya esa 2026-yil oxirida Marsga beshta Starship yuborilishini e’lon qilgan edi. Biroq endilikda ushbu rejalarga tuzatish kiritilib, asosiy e’tibor Oy missiyasiga qaratilmoqda.
Qaynoq24.uz Ilon Mask boyligi 800 mlrd AQSh dollaridan oshgani haqida yozgan edi.

