Markaziy bank tomonidan 23-fevral uchun oltin quymalarining narxlari e’lon qilindi. Unga ko‘ra, 5 grammli quymaning sotish narxi 10 281 000 so‘m etib belgilandi.
Qadog‘i but holatda qaytarib sotib olish narxi 9 787 000 so‘mni tashkil qiladi. Qadog‘i buzilgan yoki texnik talablarga mos kelmaydigan holatda esa ekspertizadan so‘ng 9 688 000 so‘m etib belgilangan.
10 grammli oltin quymasi 20 562 000 so‘mdan sotilmoqda. Uni but qadoqda topshirishda 19 573 000 so‘m to‘lanadi. Qadoq talabga javob bermasa, narx 19 375 000 so‘mni tashkil etadi.
20 grammli quymaning sotish narxi 41 124 000 so‘m. Qaytarib sotib olish narxi but holatda 39 146 000 so‘m, texnik talablarga mos kelmaganda esa 38 751 000 so‘m etib belgilangan.
50 grammli oltin quymasi 102 809 000 so‘mdan taklif qilinmoqda. Uni but qadoqda topshirishda 97 866 000 so‘m beriladi. Qadoq shikastlangan bo‘lsa, 96 877 000 so‘m to‘lanadi. 100 grammli quymaning sotish narxi 205 618 000 so‘mga yetdi. Qayta sotib olish narxi but qadoqda 195 732 000 so‘m, texnik talabga mos kelmaganda 193 755 000 so‘m etib belgilangan.
Markaziy bank xalqaro qimmatbaho metallar bozori kon’yunkturasidan kelib chiqib, narxlar kun davomida qayta ko‘rib chiqilishi mumkinligini ma’lum qildi.
Jadval:
| Og‘irligi | Sotish narxi (so‘m) | Qaytarib sotib olish (qadog‘i but) | Qaytarib sotib olish (qadog‘i buzilgan) |
|---|---|---|---|
| 5 gramm | 10 281 000 | 9 787 000 | 9 688 000 |
| 10 gramm | 20 562 000 | 19 573 000 | 19 375 000 |
| 20 gramm | 41 124 000 | 39 146 000 | 38 751 000 |
| 50 gramm | 102 809 000 | 97 866 000 | 96 877 000 |
| 100 gramm | 205 618 000 | 195 732 000 | 193 755 000 |
Qaynoq24.uz 20-fevral kuni oltin quymalari qanday narxda sotilishi haqida yozgan edi.

