Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, 2025-yilda O‘zbekistonga 2 ta xorijiy davlatdan jami 639,1 tonna gugurt import qilingan. Import qiymati $713,3 mingni tashkil etgan.
Import hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 113,9 tonnaga yoki 15,1 foizga kamaygan.
2025-yilda gugurt yetkazib bergan asosiy davlat Rossiya bo‘ldi. Ushbu davlatdan 639,1 tonna mahsulot olib kirilgan. Shveysariyadan esa 9,1 kg gugurt import qilingan.
Shu davrda O‘zbekiston 3 ta davlatga gugurt eksport qilgan. Eksport hajmi 206,4 tonnani tashkil etdi. Uning umumiy qiymati $226,2 mingga teng bo‘lgan.
Eksport hajmi ham o‘tgan yilga nisbatan 62,5 tonnaga yoki 23,2 foizga kamaygan.
2025-yilda O‘zbekiston gugurtni eng ko‘p Qirg‘iz Respublikasiga yetkazib bergan. Bu yo‘nalishda 87,5 tonna mahsulot eksport qilingan. Qozog‘istonga 73,3 tonna, Tojikistonga esa 45,6 tonna gugurt jo‘natilgan.
Qaynoq24.uz O‘zbekistonda 2025-yilda 19,9 ming egizak tug‘ilgani haqida yozgan edi.

