2-mart kuni oltin quymalari qanday narxda sotiladi

Foto: Pexels
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Markaziy bank tomonidan 2026-yil 2-mart uchun oltin quymalarining yangi narxlari e’lon qilindi. 5 grammli oltin quymaning sotish narxi 10 596 000 so‘m etib belgilandi.

10 gramm 21 192 000 so‘m, 20 gramm 42 385 000 so‘m, 50 gramm 105 962 000 so‘m va 100 grammli quyma 211 925 000 so‘mdan taklif etilmoqda.

Qaytarib sotib olish narxlari ham og‘irlik va holatiga qarab belgilanadi. Qadog‘i but holdagi 5 grammli quyma 10 087 000 so‘mga, 10 gramm 20 174 000 so‘mga, 20 gramm 40 347 000 so‘mga, 50 gramm 100 868 000 so‘mga, 100 gramm esa 201 736 000 so‘mga qabul qilinadi.

Agar quymaning qadog‘i buzilgan yoki texnik talablarga mos kelmasa, ekspertizadan so‘ng yanada past narxda qaytarib sotib olinadi. Masalan, 5 gramm 9 985 000 so‘mga, 100 gramm esa 199 698 000 so‘mga baholanadi.

Markaziy bank ta’kidlashicha, xalqaro qimmatbaho metallar bozori kon’yunkturasidan kelib chiqib, narxlar kun davomida qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.

Qaynoq24.uz 2-mart kuni oltin quymalari qanday narxda sotilishi haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.