Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, 2026-yilning yanvar oyida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 5,8 mlrd dollarni tashkil etdi.
Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 1,3 mlrd dollarga yoki 29,2 foizga oshgan.
Tashqi savdo tarkibida eksport hajmi 1,7 mlrd dollarni tashkil etdi. Bu o‘tgan yilga nisbatan 26,7 foizga ko‘p. Import esa 4,1 mlrd dollarga yetib, 30,3 foizga o‘sdi.
2026-yilning ilk oyida O‘zbekiston dunyoning 145 dan ortiq davlati bilan savdo aloqalarini amalga oshirdi.
Tashqi savdo aylanmasida eng katta ulush Xitoyga to‘g‘ri keldi. Uning hissasi 27,9 foizni tashkil etdi. Rossiya 18,7 foiz, Qozog‘iston 7,1 foiz, Turkiya 3,6 foiz va Afg‘oniston 2,4 foiz ulush bilan keyingi o‘rinlarni egalladi.
Qaynoq24.uz O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 72 milliard dollardan oshgani haqida yozgan edi.

