Markaziy bank tomonidan 4-mart uchun valyutalar kursi e’lon qilindi. Unga ko‘ra, AQSh dollari 19,29 so‘mga oshdi va 12 209,86 so‘mni tashkil qildi. So‘nggi kunlarda dollar kursi o‘zgaruvchan dinamikani namoyish etmoqda.
Yevro aksincha, 132,44 so‘mga arzonlab, 14 170,76 so‘mga tushdi. Shveysariya franki ham keskin pasayib, 250,65 so‘mga kamaydi va 15 536,15 so‘m bo‘ldi.
Britaniya funt sterlingi 64,56 so‘mga arzonlab, 16 237,89 so‘m etib belgilandi. Yaponiya iyenasi 0,2 so‘mga pasayib, 77,44 so‘mni tashkil qildi.
Rossiya rubli esa 0,05 so‘mga oshib, 157,53 so‘mga yetdi. Xitoy yuani ham 1,73 so‘mga pasayib, 1 769,49 so‘m darajasida qayd etildi.
Bugungi savdolarda dollar va rubl mustahkamlandi. Yevro, funt va frankda esa pasayish kuzatildi.
Qaynoq24.uz 3-mart kuni oltin quymalari qanday narxda sotilishi haqida yozgan edi.

