Toshkent va Namanganda noqonuniy tamaki savdosi fosh etildi

Foto: Departament
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Toshkent shahri va Namangan viloyatida qonunga xilof ravishda tamaki mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullangan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament ma’lum qildi.

Sergeli tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda muqaddam sudlangan fuqaro S.I. aktsiz markasiz tamaki mahsulotlarini sotayotgan vaqtida ushlandi. U mahsulotni fuqaro M.X.ga sotayotgan paytda qo‘lga olingan.

Tekshiruv davomida uning noqonuniy tashkil etilgan savdo nuqtasidan turli nomdagi xorijda ishlab chiqarilgan 1 308 quti aktsiz markasiz tamaki mahsulotlari aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi. Ushbu mahsulotlarning umumiy qiymati 63 mln so‘mni tashkil etadi.

Shuningdek, Namangan viloyatining Chust tumanida ham shunga o‘xshash holat aniqlangan. “Namangan” muntazam YPX maskanida o‘tkazilgan tadbirda fuqaro A.N. boshqaruvidagi Malibu-2 avtomobili to‘xtatilib tekshirildi.

Tekshiruv vaqtida avtomobilda xorijda ishlab chiqarilgan 6 turdagi 779 dona aktsiz markasiz elektron tamaki mahsulotlari borligi aniqlandi. Ma’lum bo‘lishicha, ushbu mahsulotlar sotish maqsadida Namangan viloyatiga olib kelinayotgan bo‘lgan. Mazkur tamaki mahsulotlari ham ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi.

Ushbu holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Qaynoq24.uz Qashqadaryoda qalbaki aksizli alkogol savdosi fosh etilgani haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.