Yaqin Sharqdagi keskinlik fonida neft narxi 3 foizga oshdi

Foto: Pexels
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

5-mart tongida jahon bozorida neft narxlari 3 foizdan ko‘proqqa oshdi. Bu AQSh, Isroil va Eron o‘rtasidagi keskinlik kuchaygani bilan izohlanmoqda, deb yozadi Reuters.

So‘nggi savdolarda Brent markali neft fyucherslari $83,99 ga yetdi. WTI nefti esa $77,42 atrofida savdo qilinmoqda. Harbiy harakatlar sabab Hormuz bo‘g‘ozi orqali kemalar harakati deyarli to‘xtagan. Mazkur yo‘lak orqali dunyodagi neft va suyultirilgan gaz yetkazib berishining qariyb 20 foizi amalga oshiriladi. Hozir bo‘g‘oz yaqinida yuzlab tanker va yuk kemalari xavfsiz yo‘l ochilishini kutmoqda.

oilprice.com

Logistika bilan bog‘liq muammolar ayrim davlatlarni qazib olish hajmini kamaytirishga majbur qilmoqda. Iroq neft ishlab chiqarishni kuniga 1,5 mln barrelga qisqartirdi. Bunga saqlash imkoniyatlari yetishmasligi sabab bo‘lgani aytilmoqda. Qatar esa suyultirilgan tabiiy gaz eksporti bo‘yicha fors-major e’lon qildi.

Yetkazib berishdagi uzilishlar fonida Xitoy hukumati mahalliy kompaniyalarga yangi neft mahsulotlari eksport shartnomalarini vaqtincha to‘xtatishni tavsiya qilgan. Shuningdek, imkon qadar mavjud jo‘natmalarni ham bekor qilish taklif etilgan.

Qaynoq24.uz Yaqin Sharqdagi mojaro sabab neft 82 dollarga chiqqani haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.