6-mart kuni oltin quymalari qanday narxda sotiladi

Foto: Unsplash
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Markaziy bank tomonidan 6-mart uchun oltin quymalarining narxlari e’lon qilindi. Unga ko‘ra, 5 grammli oltinning sotish narxi 10 394 000 so‘mni tashkil etadi, qaytarib sotib olish narxi esa 9 990 000 so‘m, agar qadog‘i buzilgan yoki texnik talablarga mos kelmaydigan holatda bo‘lsa, narx 9 889 000 so‘mga tushadi.

10 grammli oltinning sotish narxi 20 787 000 so‘m, qaytarib sotib olish narxi (qadog‘i but holatda) 19 980 000 so‘m, buzilgan yoki texnik talablarga mos kelmaydigan holatda esa 19 778 000 so‘mga tushadi.

20 grammli oltin uchun sotish narxi 41 574 000 so‘m, qaytarib sotib olish narxi (qadog‘i but holatda) 39 959 000 so‘m, buzilgan holatda esa 39 556 000 so‘m.

50 grammli oltin sotish narxi 103 935 000 so‘m, qaytarib sotib olish narxi (qadog‘i but holatda) 99 899 000 so‘m, buzilgan holatda esa 98 890 000 so‘mga oshadi.

100 grammli oltin sotish narxi 207 870 000 so‘m, qaytarib sotib olish narxi (qadog‘i but holatda) 199 797 000 so‘m, buzilgan holatda esa 197 779 000 so‘mni tashkil etadi.

Narxlar xalqaro qimmatbaho metallar bozori kon’yunkturasidan kelib chiqqan holda, Markaziy bank tomonidan kun davomida qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.

Qaynoq24.uz nashri 6-mart uchun valyutalar kursi e’lon qilingani haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.