Samsung smartfonlar uchun 12 000 va 18 000 mA·soat batareyalarni sinovdan o‘tkazmoqda. Bu haqda WCCF ma’lum qildi.
Hozircha Samsung smartfonlarida bunday texnologiya qo‘llanmaydi. Xitoy ishlab chiqaruvchilari esa kremniy-uglerod batareyalarini allaqachon ayrim modellarida ishlata boshlagan. Shunga qaramay, Samsung ham ushbu yo‘nalishda faol tadqiqot olib bormoqda.
12 000 mA/soat sig‘imli batareya ikki qismdan iborat bo‘ladi. Ulardan biri 6 800 mA/soat, ikkinchisi esa 5 200 mA/soat quvvatga ega. 18 000 mA/soat sig‘imli variant esa uchta alohida elementdan tashkil topgan. Ularning sig‘imi mos ravishda 6 699, 6 000 va 5 257 mA/soatni tashkil qiladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Samsung SDI hujjatlarida kompaniya 2025-yil oxirida yana ham katta batareyani sinovdan o‘tkazgani qayd etilgan. U ikki hujayrali bo‘lib, umumiy sig‘imi 20 000 mA/soatni tashkil qilgan. Batareya 12 000 va 8 000 mA/soatli elementlardan tuzilgan.
Biroq bu loyiha keyinchalik bekor qilingan. Sinovlar davomida batareya 960 ta zaryad siklidan keyin sezilarli darajada eskira boshlagan. Kompaniya muhandislari bunday natijani yetarli deb hisoblamagan. Taqqoslash uchun, oddiy litiy batareyalarda odatda 500–1000 zaryad sikli normal hisoblanadi.
Qaynoq24.uz 500 dollargacha bo‘lgan eng yaxshi smartfonlar haqida yozgan edi.

