Pillachilik klasterlariga yangi soliq imtiyozlari beriladi

Foto: Ochiq manba
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

O‘zbekistonda pillachilik sohasini qo‘llab-quvvatlash maqsadida klasterlar va ipak ishlab chiqaruvchi korxonalar uchun bir qator soliq imtiyozlari joriy etiladi. Bu haqda tegishli qarorda belgilangan.

Hujjatga ko‘ra, 2026-yil 1-yanvardan 2029-yil 1-yanvargacha pillachilik klasterlarining pilla yetishtirish va saqlash uchun foydalaniladigan bino va inshootlari mol-mulk solig‘idan ozod etiladi. Shuningdek, ular egallab turgan yer uchastkalari uchun yer solig‘i ham undirilmaydi.

Ipakchilik faoliyatidan olgan daromadi joriy hisobot davri yakunida umumiy daromadining kamida 70 foizini tashkil etadigan korxonalar uchun foyda solig‘i stavkasi 2 foiz etib belgilanadi.

Bundan tashqari, ipak mato hamda ipakdan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan korxonalar uchun ijtimoiy soliq 1 foiz miqdorida belgilanadi.

Qarorga muvofiq, 2026-yil 1-yanvardan 2029-yil 1-yanvargacha ipak qurti urug‘larini tayyorlash hamda qurtxonalarda pilla yetishtirish bo‘yicha mavsumiy ishlarga jalb qilingan aholining ushbu faoliyatdan olgan daromadi daromad va ijtimoiy soliqlarni hisoblashda soliq solinadigan obyekt sifatida qaralmaydi.

Qaynoq24.uz 2025-yilda budjetga soliq tushumlari 247 trln so‘mdan oshgani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.