Qirg‘izistonga noqonuniy olib chiqilayotgan oltin ushlandi

Foto: DXX
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Farg‘ona viloyatida Qirg‘izistonga yashirincha olib chiqilayotgan oltin quymalar to‘xtatib qolindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati ma’lum qildi.

Ma’lumotga ko‘ra, DXXning Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda bojxona xodimlari hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazgan.

Tadbir davomida Farg‘ona tumanida yashovchi, 1996-yilda tug‘ilgan shaxs boshqaruvidagi Damas avtomobili tekshirildi. Avtomobil Qirg‘iz Respublikasiga chiqish uchun Vodil-avto chegara bojxona postiga kirib kelgan.

Tekshiruv vaqtida mashina kuzovi ichiga yashirilgan to‘rtta nostandart shakldagi oltin quymasi aniqlangan. Ular ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan. Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, oltin quymalarining sof og‘irligi 1 kg 232 grammni tashkil etadi. Ularning umumiy qiymati $179,5 mingga teng bo‘lib, 2 mlrd 182 mln 466 ming so‘mga baholangan.

Mazkur holat yuzasidan DXX Farg‘ona viloyati boshqarmasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Fuqaroga nisbatan Jinoyat kodeksining 182-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan ayblov qo‘yilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Qaynoq24.uz Toshkentda o‘g‘illariga mashina haydashga ruxsat bergan erkak 5 sutkaga qamalgani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.