AQSh Ormuz bo‘g‘ozi yaqinida Eronning 16 ta katerini yo‘q qildi

Foto: Seldon News
Mohinur Rajabova
2 Daqiqa o‘qish

AQSh harbiylari Ormuz bo‘g‘ozi yaqinida Eronning 16 ta minaga qarshi katerini yo‘q qildi. Bu haqda AQSh Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) ma’lum qildi.

Harbiy operatsiya Eron bo‘g‘ozni minalashga tayyorlanayotgani haqidagi xabarlar ortidan amalga oshirilgan. AQSh harbiylari Eron minalovchi katerlariga zarbalar bergan.

AQSh prezidenti Donald Tramp ham bu operatsiyani tasdiqladi. Uning aytishicha, zarbalar Eronning Ormuz bo‘g‘ozini bloklash ehtimoliga javoban berilgan.

Ormuz bo‘g‘ozi Yaqin Sharqdan neft tashish uchun eng muhim yo‘llardan biri hisoblanadi. So‘nggi haftalarda AQSh va Isroilning Eronga qarshi harbiy amaliyotlari sabab hududda keskinlik kuchaygan. Ma’lumotlarga ko‘ra, urush boshlanganidan beri bo‘g‘oz orqali fuqarolik kemalari harakati deyarli to‘xtagan. 28-fevraldan buyon faqat bitta tanker bu hududdan xavfsiz o‘tishga muvaffaq bo‘lgan.

10-mart kuni Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi AQSh va Isroil hujumlari davom etsa, mintaqadan bir tomchi ham neft eksport qilinishiga yo‘l qo‘ymasligini bildirgan. Shundan so‘ng AQSh razvedka manbalari Eron Ormuz bo‘g‘ozini minalashga tayyorgarlik ko‘rayotganini ma’lum qilgan.

AQSh va Isroil 28-fevral kuni Eron hududidagi harbiy obyektlarga keng ko‘lamli zarbalar bergan edi. Bu hujumlardan so‘ng mintaqada harbiy qarama-qarshilik keskin kuchaydi.

Neft bozorlarida ham keskin o‘zgarish kuzatilmoqda. 9-mart kuni savdo ochilishida Brent markali neft narxi $120 ga yaqinlashdi. Yil boshida esa bu ko‘rsatkich $60 atrofida edi.

Qaynoq24.uz Mojtaba Xomeneiy Eronning yangi oliy rahbari etib saylangani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.