Namangan va Samarqand viloyatlarida noqonuniy valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullangan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament ma’lum qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Departamentning Davlatobod tumani bo‘limi hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbir davomida valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullangan Sh.R. fuqaro M.X.ga $15 mingni 183 mln so‘mga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shuningdek, Departamentning Ishtixon tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Z.T. ismli shaxs ham qo‘lga olingan. U fuqaro A.A.ga $5,6 mingni 68,2 mln so‘mga sotayotgan vaqtida ushlangan. Tadbir davomida yana $5,7 ming hamda 39,2 mln so‘m pul ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Qaynoq24.uz Qirg‘izistonga noqonuniy olib chiqilayotgan oltin fosh etilgani haqida yozgan edi.

