Markaziy bank tomonidan 12-mart uchun valyutalar kursi e’lon qilindi. Unga ko‘ra, AQSh dollari 22,37 so‘mga arzonlab, 12 135,76 so‘mni tashkil etdi.
Yevro ham pasaydi va uning kursi 98,88 so‘mga tushib, 14 067,77 so‘mga teng bo‘ldi. Rossiya rubli 0,58 so‘mga kamayib, 153,40 so‘mni tashkil etdi. Britaniya funt sterlingi esa 81,07 so‘mga arzonlab, 16 281,34 so‘mga tushdi.
Shuningdek, Yaponiya iyenasi 0,53 so‘mga pasayib, 76,58 so‘mni tashkil etdi. Shveysariya franki 89,13 so‘mga arzonlab, 15 586,64 so‘m bo‘ldi.
Xitoy yuani ham pasayish qayd etdi. Uning kursi 3,13 so‘mga kamayib, 1 765,92 so‘mni tashkil etdi.
Qaynoq24.uz 11-mart kuni oltin quymalari qanday narxda sotilgani haqida yozgan edi.

