12-mart uchun oltin quymalarining narxlari e’lon qilindi

Foto: Pexels
Jonibek Juraqulov
2 Daqiqa o‘qish

Markaziy bank tomonidan 12-mart uchun oltin quymalarining narxlari e’lon qilindi. Unga ko‘ra, 5 grammli oltin quyma 10,4 mln so‘mdan sotilmoqda.

Uni bankka qayta topshirish narxi qadog‘i but bo‘lsa 10 mln so‘m, qadoq buzilgan yoki texnik talablarga mos kelmasa 9,9 mln so‘mni tashkil etadi.

10 grammli oltin quyma 20,9 mln so‘mdan sotilmoqda. Markaziy bank uni qadog‘i but bo‘lgan holatda 20,1 mln so‘mdan qayta sotib oladi. Qadoq shikastlangan bo‘lsa, narx 19,9 mln so‘m atrofida bo‘ladi.

20 grammli oltin quyma 41,7 mln so‘mdan taklif qilinmoqda. Uni bankka qayta topshirish narxi qadoq but bo‘lsa 40,1 mln so‘m, qadoq buzilgan holatda esa 39,7 mln so‘mni tashkil etadi. 50 grammli oltin quyma narxi 104,3 mln so‘m etib belgilangan. Markaziy bank uni qadoq but bo‘lsa 100,3 mln so‘mdan, qadoq buzilgan bo‘lsa 99,3 mln so‘mdan sotib oladi.

100 grammli oltin quyma 208,7 mln so‘mdan sotilmoqda. Bank uni qadoq but bo‘lsa 200,6 mln so‘mdan, qadoq shikastlangan bo‘lsa 198,5 mln so‘mdan qayta sotib oladi.

Jadval:

Og‘irligiSotish narxiQaytarib sotib olish (qadog‘i but)Qaytarib sotib olish (qadog‘i buzilgan)
5 gramm10 433 000 so‘m10 028 000 so‘m9 926 000 so‘m
10 gramm20 865 000 so‘m20 055 000 so‘m19 852 000 so‘m
20 gramm41 731 000 so‘m40 110 000 so‘m39 705 000 so‘m
50 gramm104 327 000 so‘m100 275 000 so‘m99 262 000 so‘m
100 gramm208 654 000 so‘m200 550 000 so‘m198 525 000 so‘m

Markaziy bank qayd etishicha, xalqaro qimmatbaho metallar bozori kon’yunkturasidan kelib chiqib, oltin quymalari narxi kun davomida qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.

Qaynoq24.uz 12-mart uchun valyutaklar kursi e’lon qilingani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.