Markaziy bank tomonidan 13-mart uchun valyutalar kursi e’lon qilindi. Unga ko‘ra, AQSh dollari kursi 33,37 so‘mga arzonlab, 12 102,39 so‘mni tashkil etdi. Yevro ham 77,41 so‘mga tushib, 13 990,36 so‘m darajasida qayd etildi.
Britaniya funti sterlingi ham pasayish ko‘rsatdi. Uning qiymati 71,4 so‘mga kamayib, 16 209,94 so‘m bo‘ldi. Shveysariya franki 80,7 so‘mga arzonlab, 15 505,94 so‘m etib belgilandi. Rossiya rubli ham biroz arzonladi. U 0,32 so‘mga kamayib, 153,08 so‘mni tashkil etdi. Xitoy yuani 5,19 so‘mga pasayib, 1 760,73 so‘m bo‘ldi.
Yapon iyenasi kursi ham pastladi. Uning qiymati 0,34 so‘mga tushib, 76,24 so‘m darajasida qayd etildi.
Qaynoq24.uz 12-mart kuni oltin quymalari qanday narxda sotilishi haqida yozgan edi.

