Markaziy bank tomonidan 24-mart kuni uchun oltin quymalarining narxlari e’lon qilindi. Unga ko‘ra, 5 gramm oltin 9,006 mln so‘m etib belgilandi.
Uni qayta sotish narxi 8 657 mln so‘mni tashkil etadi. Qadog‘i buzilgan holatda esa 8,569 mln so‘mga baholanadi. 10 gramm oltin 18,013 mln so‘m turadi. Qaytarib sotib olish narxi 17,313 mln so‘m. Texnik talablarga mos kelmasa $17,138 mln so‘mga olinadi.
20 gramm oltin 36,025 mln so‘m etib belgilangan. Qayta sotib olish narxi 34,626 mln so‘mni tashkil qiladi. Qadog‘i buzilgan holatda 34,276 mln so‘mga tushadi. 50 gramm oltin narxi 90,063 mln so‘mga yetdi. Qayta sotib olish narxi 86,566 mln so‘m. Qadog‘i buzilgan bo‘lsa 85,691 mln so‘mga baholanadi.
100 gramm oltin 180,126 mln so‘mni tashkil etdi. Uni qayta sotish 173,131 mln so‘m. Texnik talabga mos kelmasa 171,382 mln so‘mga olinadi.
Markaziy bank ma’lumotiga ko‘ra, xalqaro bozordagi vaziyatdan kelib chiqib narxlar kun davomida o‘zgarishi mumkin.

