Markaziy bank tomonidan 25-mart uchun oltin quymalarining narxlari e’lon qilindi. Unga ko‘ra, 5 grammli quyma narxi 9,008 mln so‘mni tashkil etdi.
Yirik og‘irlikdagi quymalar ham mos ravishda oshib bormoqda. 10 gramm oltin 18,016 mln so‘m, 20 gramm 36,033 mln so‘m etib belgilandi. 50 grammli quyma 90,081 mln so‘mga, 100 grammli oltin esa 180,163 mln so‘mga teng bo‘ldi.
Qaytarib sotib olish narxlari ham og‘irlik va holatga qarab farq qiladi. Masalan, 5 gramm oltin but qadoqda 8,575 mln so‘m, qadoq buzilgan holatda esa 8,488 mln so‘mga baholanmoqda.
Jadval:
| Og‘irligi | Sotish narxi (so‘m) | Qayta sotib olish (but) | Qayta sotib olish (buzilgan) |
|---|---|---|---|
| 5 g | 9 008 000 | 8 575 000 | 8 488 000 |
| 10 g | 18 016 000 | 17 150 000 | 16 977 000 |
| 20 g | 36 033 000 | 34 300 000 | 33 954 000 |
| 50 g | 90 081 000 | 85 750 000 | 84 884 000 |
| 100 g | 180 163 000 | 171 501 000 | 169 769 000 |
Markaziy bank ma’lum qilishicha, ushbu narxlar xalqaro qimmatbaho metallar bozori kon’yunkturasiga qarab kun davomida o‘zgarishi mumkin.
Qaynoq24.uz 24-mart uchun oltin quymalarining narxlari yangilangani haqida yozgan edi.

