Oppo K15 Pro seriyasi qachon taqdim etiladi

Foto: Oppo
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Xitoyning Oppo kompaniyasi yangi K15 Pro seriyasini 1-aprel kuni taqdim etadi. Bu safar kompaniya Turbo nomidan voz kechib, Pro liniyasiga o‘tmoqda.

Yangi modellarga Oppo K15 Pro va K15 Pro+ kiradi. Qurilmalar o‘yin uchun mo‘ljallangan smartfon sifatida pozitsiyalanmoqda. Eng muhim yangiliklardan biri faol sovitish tizimi hisoblanadi. Telefonlarda ichki ventilyator bo‘ladi. Bu uzoq o‘yin vaqtida qizishni kamaytiradi.

Foto: OPpO

K15 Pro+ modeli 6,78 dyuymli OLED ekran bilan chiqadi. Ekran 165 Hz yangilanish tezligini qo‘llab-quvvatlaydi. Qurilma MediaTek Dimensity 9500 chipi bilan ishlaydi.

Smartfon 50 MP asosiy kamera va 8 MP ultra keng burchakli modul oladi. Old kamera 16 MP bo‘ladi. Batareya sig‘imi 8 000 mA/soatga yetadi. Oddiy K15 Pro esa biroz ixchamroq bo‘ladi. Unda 6,59 dyuymli ekran mavjud. Qurilma MediaTek Dimensity 8500 protsessoriga ega bo‘ladi.

Bu model ham katta batareya bilan keladi. Uning sig‘imi 7 500 mA/soatni tashkil etadi. Qurilma og‘irligi 200 grammdan kam bo‘ladi. Kompaniya yangi seriya orqali o‘rta segmentda yanada kuchliroq pozitsiyani egallashni maqsad qilmoqda.

Qaynoq24.uz Oppo Find X9s Pro qanday imkoniyatlar bilan chiqishi haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.