26-mart uchun oltin quymalarining narxi e’lon qilindi

Foto: Pexels
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Markaziy bank 26-mart uchun oltin quymalarining narxlarini e’lon qildi. Unga ko‘ra, 5 grammli oltin quymaning sotish narxi 9,2 mln so‘mni tashkil etdi. Uni qaytarib sotib olish narxi 8,84 mln so‘m, qadoq buzilgan bo‘lsa 8,75 mln so‘m.

10 grammli quymaning narxi 18,4 mln so‘m etib belgilandi. Bank uni 17,68 mln so‘mga qaytarib oladi, qadoq shikastlangan bo‘lsa 17,5 mln so‘m taklif etiladi. 20 grammli oltin 36,8 mln so‘mdan sotilmoqda. Qaytarib sotib olish narxi 35,37 mln so‘m, texnik talablarga mos kelmasa 35,01 mln so‘mni tashkil etadi.

Jadval:

Og‘irligiSotish narxiQaytarib olish (qadoq but)Qaytarib olish (qadoq buzilgan)
5 g9,2 mln so‘m8,84 mln so‘m8,75 mln so‘m
10 g18,4 mln so‘m17,68 mln so‘m17,5 mln so‘m
20 g36,8 mln so‘m35,37 mln so‘m35,01 mln so‘m
50 g91,9 mln so‘m88,42 mln so‘m87,53 mln so‘m
100 g183,9 mln so‘m176,84 mln so‘m175,06 mln so‘m

Regulyatorning qayd etishicha, narxlar xalqaro qimmatbaho metallar bozori kon’yunkturasiga qarab tez-tez yangilanib turadi.

Qaynoq24.uz 26-mart kuni valyutalar kursi qanday qiymatda bo‘lishi haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.