Haval kompaniyasi Rossiya bozorida yangilangan Haval M6 modelini taqdim etdi. Bu haqda «KA» nashri xabar bermoqda. Krossover yanada texnologik bo‘ldi, biroq texnik qismi o‘zgarmadi.
Tashqi ko‘rinishda o‘zgarishlar minimal. Modelni qora rangli radiator panjarasi orqali ajratish mumkin. Asosiy yangiliklar salon va jihozlarda kuzatiladi. Multimedia ekrani 12,3 dyuymga yetdi. Oldin u 10,25 dyuym edi.
Avtomobil GWM Connection telematika tizimini saqlab qoldi. U orqali masofadan turib eshiklarni boshqarish va dvigatelni ishga tushirish mumkin. Yangi opsiyalar qatoriga yon xavfsizlik yostiqchalari, orqa kamera va rul isitish tizimi qo‘shildi. Shuningdek, ko‘zoynak uchun maxsus joy ham paydo bo‘lgan. Texnik qismi o‘zgarmagan. Model 1,5 litrli turbo dvigatel bilan jihozlangan. Uning quvvati 143 ot kuchini tashkil etadi.
U 6 pog‘onali mexanik yoki 7 pog‘onali robot uzatma bilan taklif etiladi. Boshlang‘ich komplektatsiya narxi 2,05 mln rubl ($22,1 ming) etib belgilandi. Eng yuqori versiya esa 2,3 mln rubl ($24,8 ming)dan sotilmoqda.
Qaynoq24.uz Zeekr 007 GT avtomobilining narxi nega oshishi haqida yozgan edi.

