31-mart kuni qanday ob-havo kuzatiladi

Foto: Ochiq manba
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

31-mart kuni O‘zbekistonda havo asosan o‘zgaruvchan bo‘ladi. Ayrim hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroq kuzatilishi mumkin.

Toshkent shahrida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3–8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 13–15°, kunduzi 27–29° iliq bo‘ladi. Qoraqalpog‘iston va Xorazmda kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi. Harorat kechasi 10–15°, kunduzi 22–27° bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida ayrim hududlarda yomg‘ir va momaqaldiroq kuzatiladi. Ayrim joylarda chang-to‘zon bo‘lishi mumkin. Harorat kechasi 12–17°, kunduzi 25–30° bo‘ladi. Toshkent viloyati, Sirdaryo, Jizzax va Samarqandda ham kunning ikkinchi yarmida yomg‘ir ehtimoli bor. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Harorat 12–17° dan 25–30° gacha ko‘tariladi. Qashqadaryo va Surxondaryoda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol kuchayib, chang-to‘zonlar bo‘lishi mumkin. Harorat kechasi 12–17°, kunduzi 25–30° bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘onada havo quruq bo‘ladi. Harorat kechasi 12–17°, kunduzi 23–28° atrofida bo‘ladi. Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda esa yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Ayrim joylarda sel-suv toshqin xavfi bor. Harorat kechasi 5–10°, kunduzi 15–20° bo‘ladi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.