Qirg‘izistonning Erondagi elchixonasi vaqtincha faoliyatini to‘xtatdi. Bu haqda mamlakat Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi.
Rasmiy bayonotga ko‘ra, diplomatik vakolatxona faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan. Qarorning aniq sabablari ochiqlanmagan. Vazirlik Eronda bo‘lib turgan Qirg‘iziston fuqarolariga ogohlikni kuchaytirishni tavsiya qildi. Ulardan xavfli hududlarga bormaslik va ommaviy yig‘inlardan uzoq turish so‘ralgan.
Shuningdek, fuqarolarga doimiy ravishda shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarni olib yurish tavsiya etilgan. Rasmiy xabarlarni kuzatib borish ham muhim ekani ta’kidlangan.
TIV fuqarolarga vaqtincha Eronga safar qilmaslikni maslahat berdi. Favqulodda holatlarda esa issiq liniya orqali yoki qo‘shni davlatlardagi diplomatik vakolatxonalarga murojaat qilish mumkin.
Qaynoq24.uz Tramp urush xarajatlarini arab davlatlariga yuklashni ko‘rib chiqayotgani haqida yozgan edi.

