O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Angliyaning Manchester City klubi markaziy himoyachisi Abduqodir Husanov 2025 yilning eng yaxshi yosh futbolchisi sifatida e’tirof etildi. Bu haqda Goalpost nashri xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, o‘tgan yil 21 yoshli futbolchi faoliyatida muhim bosqich bo‘lgan. Yanvar oyida u Manchester City safiga o‘tib, Angliya Premer-ligasida debyut qilgan ilk o‘zbekistonlik futbolchiga aylandi.
Iyun oyida Husanov O‘zbekiston terma jamoasi bilan birga jahon chempionatiga chiqish yo‘lida muhim o‘yinlarda ishtirok etdi. Joriy mavsumda u Manchester klubi safida to‘qqizta uchrashuvda maydonga tushdi.
Goalpost ovoz berish jarayonida Husanov Osiyoning bir qator istiqbolli futbolchilarini ortda qoldirgan. Ular orasida O‘zbekiston, Avstraliya, Indoneziya, Janubiy Koreya va Iroq vakillari ham bor.
Shuningdek, Abduqodir Husanov The Athletic nashri tuzgan dunyoning eng kuchli 100 futbolchisi reytingida 86-o‘rinni egalladi. Bu holat o‘zbekistonlik futbolchining xalqaro miqyosda tobora tan olinayotganini ko‘rsatmoqda.
Qaynoq24.uz Messi haqida qiziqarli faktlarni yozgan edi.

