Adliya vazirligida tayinlovlar amalga oshirildi

Foto: UzDaily
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Prezident qaroriga muvofiq, Adliya vazirligida tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqda vazirlik xabar bermoqda.

Mahmud Istamov Adliya vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar u Adliya vazirining o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritib kelgan.

Mirjalol Allakuliyev O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. U yangi lavozimga tayinlangunga qadar, 2022-yildan buyon Adliya vazirligi Qonunchilik departamenti boshlig‘i sifatida faoliyat yuritib kelgan.

Shuningdek, Sherzod Rabiyev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan adliya vaziri o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.

Qaynoq24.uz aliment to‘lovchilar sug‘urta polisi orqali chet davlatga borib kelishi mumkin bo‘lishi haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.