Farg‘ona viloyati va Toshkent shahrida aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini noqonuniy savdosi bilan shug‘ullangan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar bermoqda.
Deportamentning Toshloq tumani bo‘limi va bojxona xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda M.M. “Cobalt” rusumli avtomashinasida xorijda ishlab chiqarilgan, umumiy qiymati 63,7 million so‘m bo‘lgan 5 000 quti “Milano London” nomli aksiz markasiz tamaki mahsulotini Qo‘qon shahrida sotish maqsadida olib kelayotganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shuningdek, Departamentning Bektamir tumani bo‘limi va bojxona xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda A.A. “Lacetti” rusumli avtomashinasida umumiy qiymati 60,2 million so‘m bo‘lgan, turli nomdagi jami 3 540 quti aksiz markasiz tamaki mahsulotini Toshkent shahrida sotish maqsadida olib kelayotganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ham ashyoviy dalil sifatida qo‘lga olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 25 va 186-1-moddalari (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish yoki ishlab chiqarish) bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan va hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq yirik yer maydoni bilan bog‘liq korrupsion holatlar fosh qilingani haqida yozgan edi.

