Aliment to‘lovchilar sug‘urta polisi orqali chet davlatga borib kelishi mumkin bo‘ladi

Foto: Ijtimoiy tarmoq
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Endi aliment to‘lovchilar sug‘urta polisi orqali chet davlatga borib kelishi mumkin bo‘ladi. Bu haqda “Huquqiy axborot” Telegram kanalida ma’lum qilindi.

Yangi qarorga ko‘ra, aliment to‘lash shart bo‘lgan shaxslar, agar ular sug‘urta polisini taqdim etgan holda murojaat qilsa, davlat ijrochisi ularning chet davlatga chiqishi bo‘yicha vaqtincha cheklovni to‘xtatish huquqiga ega bo‘ladi. Ushbu qarorning maqsadi aliment to‘lamagan qarzdorlarning chet davlatga chiqishini cheklash orqali ijro intizomini mustahkamlash va qarzlarni to‘lashga majbur qilishdir.

Ushbu sug‘urta polisi tegishli litsenziyaga ega bo‘lgan sug‘urtalovchilar tomonidan amalga oshiriladi. Sug‘urta polisini mavjudligi, Majburiy ijro byurosi tomonidan Istiqbolli loyihalar milliy agentligining axborot tizimi orqali avtomatik ravishda aniqlanadi.

Bu o‘zgartirishlar qarzdorlarning chet davlatlarga safarlari ustidan nazoratni kuchaytirish, shuningdek aliment to‘lamaslikning oldini olishga qaratilgan qo‘shimcha choralarning amalga oshirilishiga yordam beradi.

Qaynoq24.uz O‘zbekistonda yangi O‘zbek–Fransuz universiteti tashkil etilishi haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.