Andijonda 5,9 kg “mefedron” bilan erkak ushlandi

Ekran tasviri
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumani hududida giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq yirik holat aniqlandi. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda 31 yoshli shaxs qo‘lga olindi.

Ma’lum qilinishicha, u Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanida yashaydi va muqaddam sudlangan. Erkak boshqaruvidagi BYD rusumli avtomobil ko‘zdan kechirilganda 6 dona polietilen o‘ramda jami 5 kg 946 gr “mefedron” sintetik giyohvandlik moddasi topilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, gumonlanuvchi ushbu moddani “zakladka” usulida yashirilgan joydan olib, Toshkent shahriga olib ketayotgan bo‘lgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Qaynoq24.uz xorijga ishga yuborishni va’da qilgan firibgarlar ushlangani haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.